Telegram asoschisi Pavel Durov Yevropa Ittifoqining (EI) Telegram xabarlarini kuzatish tashabbusini tanqid qilib, bu fransuz foydalanuvchilarining shaxsiy hayotiga tahdid solayotganini aytdi.
Durov bu haqda X ijtimoiy tarmog‘idagi postida yozgan.
"Bugun Yevropa Ittifoqi sizni shaxsiy daxlsizlik huquqidan deyarli mahrum qildi. Ular ilovalardan barcha shaxsiy xabarlarni skanerlashni, barcha foydalanuvchilarning telefonlarini josuslik vositalariga aylantirishni talab qiluvchi qonunga ovoz berishga tayyorgarlik ko‘rayotgan edi", deb yozdi u.