Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatining Uil tumanida 14 yoshli 9-sinf o‘quvchisi farzandli bo‘ldi.
Bu haqda mahalliy OAV xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, voqeaga qizning buvisining turmush o‘rtog‘i, uning qarindoshi bo‘lmagani aloqador bo‘lishi mumkin.
Bu ma’lumotga viloyat IIB izoh berdi.
"Polisiya tomonidan mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Gumonlanuvchi shaxs aniqlanib, qo‘lga olindi. Hozirda hodisaning barcha holatlari, shuningdek, huquqbuzarlik sodir etilishiga sabab bo‘lgan shart-sharoitlarni aniqlash bo‘yicha tergovga qadar tergov harakatlari olib borilmoqda", — deyiladi boshqarmada.
Polisiya, shuningdek, bir qator tergov va prosessual tadbirlar o‘tkazilayotganini qo‘shimcha qildi. Polisiya departamenti rahbariyati tergov jarayonini kuzatib bormoqda.