Bugun 26 aprel, 2025 yil, shanba

КИР

Tramp Putin quloq soladi deb umid qilmoqda

Tramp Putin quloq soladi deb umid qilmoqda

AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putin Kiyevga yaqinda berilgan zarbalar bo‘yicha bildirilgan tanqidlarni inobatga olishiga ishonch bildirmoqda.

"Ha, shunday deb o‘ylayman," deya javob berdi u jurnalistning Putin uning chaqiriqlariga quloq solishiga ishonishi haqidagi savoliga.

Bundan oldin Tramp Rossiyaning Kiyevga zarba berishi uchun vaqt "noqulay" ekanligini ta’kidlagan va Ukrainadagi vaziyatni hal qilish uchun tinchlik bitimi tuzishga da’vat etgandi.

Tramp The Atlantic jurnali muharriri Jeffri Goldberg bilan bo‘ladigan suhbatni e’lon qildi. Goldberg xato tufayli Signal messenjerida yuqori martabali ma’muriyat vakillari bilan guruhga qo‘shilgan va bu keng ko‘lamli janjalga sabab bo‘lgandi.

AQSh prezidentining aytishicha, Goldberg va yana ikki jurnalist "bu asrning eng ahamiyatli prezidenti" haqida material yozmoqchi. "Men bu suhbatni qiziqish va o‘zim bilan bahslashish uchun beryapman, The Atlantic haqiqatni yoza oladimi, ko‘rmoqchiman. Ular Tramp haqida haqqoniy hikoya yozishga qodirmi?" - dedi Oq uy rahbari.

Kiritildi: 22:19 24.04.2025. O'qildi: 677 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!