Bugun 3 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Tramp, Putin, Erdo‘g‘an va To‘qayev “matbuot erkinligi kushandalari” ro‘yxatiga kiritildi

Tramp, Putin, Erdo‘g‘an va To‘qayev “matbuot erkinligi kushandalari” ro‘yxatiga kiritildi

Chegara bilmas muxbirlar” (RSF) xalqaro tashkiloti 2026 yilda jurnalistlar va ommaviy axborot vositalariga bosim o‘tkazgan shaxslari hamda tashkilotlar ro‘yxatini e’lon qildi. “Matbuot erkinligi kushandalari” deb nomlangan ushbu ro‘yxatga dunyoning bir qator davlatlari yetakchilari ham kiritildi.

RSF Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev va Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anni “Huquq” toifasiga kiritgan. Tashkilotga ko‘ra, bu toifadagi shaxslar va tuzilmalar jurnalistlar hamda ommaviy axborot vositalariga qarshi asossiz sud jarayonlarini qo‘zg‘atish orqali matbuot faoliyatiga to‘sqinlik qiladi.

RSF'ning 2026 yilgi ro‘yxatida AQSh prezidenti Donald Tramp ham bor. Tashkilot uni Amerika jurnalistikasini siyosiy kommunikasiya vositasiga aylantirishga urinishda ayblagan. RSF ma’lumotlariga ko‘ra, AQSh matbuot erkinligi reytingida 64-o‘rinda turibdi.

Ro‘yxatdan Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev, Belarus rahbari Aleksandr Lukashenko va “Tolibon” yetakchisi Haybatulloh Oxunzoda, Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon, Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisiy va Burkina-Fasodagi harbiy hukumat ham joy olgan.

Bundan tashqari, RSF Isroil mudofaa kuchlari, Xitoy Kommunistik partiyasi va Meksikadagi narkokartellarni jurnalistlarga bosim o‘tkazishda ayblagan.

Iqtisodiy bosim bilan bog‘liq toifadan Alphabet (Google egasi) va Meta (Facebook, Instagram, WhatsApp egasi) texnologiya kompaniyalari, “Jamiyat” toifasidan esa amerikalik milliarder Ilon Mask o‘rin olgan.

Kiritildi: Bugun 20:06. O'qildi: 479 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!