AQSh prezidenti Donald Tramp yangi prezident samolyoti uchun muqobil variantlarni ko‘rib chiqmoqda, bosh pudratchi Boeing esa samolyotlarni yetkazib berishni kechiktirmoqda, deb yozdi The Wall Street Journal (WSJ) manbalarga tayanib.
Tramp birinchi prezidentlik davrida eskirgan Boeing 747 Air Force One o‘rniga ikkita yangi samolyotni buyurgan edi. Buyurtma bo‘yicha Boeing kompaniyasi 3,9 milliard dollarlik shartnomani yutib oldi.
Samolyotlar 2024 yilgacha tayyor bo‘lishi kerak edi, biroq yetkazib berish muddati birinchi samolyot uchun 2027 yilga, ikkinchisi uchun esa 2028 yilgacha surildi. Bu Tramp prezidentlik muddatining oxirgi yili hisoblanadi.
Boeing kompaniyasidan hafsalasi pir bo‘lgan Tramp L3Harris kompaniyasiga Qatar hukumati tomonidan foydalanilgan Boeing 747 samolyotini ta’mirlashni topshirdi, deb xabar berdi WSJ. Shu bilan birga, Boeing ikkita yangi samolyotni ishlab chiqarishda davom etadi. Biroq, kompaniya murakkab dizayn muammolari tufayli yangi prezident samolyotlarini 2035 yilgacha yetkazib bera olmaydi, deya xabar berdi gazeta manbalari.