Tramp o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida yozganiga ko‘ra, u jahli chiqib, darhol aybdorlarni topishni talab qilgan. Uning ta’kidlashicha, ishchilar og‘ir aravachani plitalar ustidan tortib o‘tgani sababli, plitalarga shikast yetgan.
Prezident ishchilarni «ahmoq odamlar» deb atadi va kuzatuv kameralaridan olingan videoni ham e’lon qildi.
U shikastlangan plitani almashtirishni, podryadchi kompaniyadan kompensasiya undirishni va bu kompaniyani boshqa Oq uyda ishlatmaslikni va’da qildi.
«Biz ularni ish paytida ushlab oldik. MAKE AMERICA GREAT AGAIN!», — deb yozdi Tramp.
🪨 Eslatib o‘tamiz, yozda Tramp buyrug‘i bilan Rozoviy sadda rekonstruksiya ishlari amalga oshirilgan edi — gazon o‘rniga tosh plitalar yotqizilgan, sababi, prezidentning ta’kidlashicha, mehmonlar qo‘lbo‘ron oyoq kiyimda osonroq yura olishlari kerak edi.