AQSh prezidenti mamlakat mustaqilligining 250 yilligi munosabati bilan ilk bor Oq uyning Janubiy maysazorida tashkil etilgan “UFC Freedom 250” turnirini bevosita arenadan kuzatdi.
Musobaqa boshlanishidan oldin AQSh Harbiy-dengiz kuchlarining mashhur "Moviy farishtalar" va AQSh Harbiy-havo kuchlarining "Tanderberds" uchuvchilar guruhlari ta’sirchan havo tomoshalarini namoyish etib, Oq uy osmonida noyob manzara yaratdi.
14 iyun kungi jangning asosiy voqeasi Oq uyning janubiy maysazoridagi ulkan ochiq konstruksiya ostida o‘tkazilgan UFC oktagonidagi jang bo‘ldi. Tadbirda 4000 dan ortiq tomoshabinlar, jumladan, texnologiya va biznes olamining ko‘plab taniqli arboblari ishtirok etdi.
AQSh Milliy bog‘lar xizmati tomonidan e’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, tadbir uchun vaqtinchalik infratuzilma, jumladan, tribunalar, yoritish, xavfsizlik tizimlari va musobaqa maydonchalarini qurish uchun 60 million dollardan ortiq mablag‘ sarflangan.
Meta kompaniyasi asoschisi va bosh direktori Mark Sukerberg ham UFC Freedom 250 turnirini kuzatdi.
Mazkur sport tadbiri Donald Trampning 80 yillik yubileyi va Milliy bayroq kuniga to‘g‘ri keldi.