Reuters agentligi ma’lumotiga ko‘ra, AQSh prezidenti Donald Tramp Nobel tinchlik mukofotiga nomzod sifatida ko‘rsatilishi mumkin edi.
Ma’lum qilinishicha, hozirda mukofot uchun 208 nafar shaxs va 79 ta tashkilot da’vogarlik qilmoqda. Norvegiya Nobel instituti direktori Kristian Berg Garpviken nomzodlar orasida ko‘plab yangi shaxslar borligini ta’kidlagan.
Jurnalistlar qayd etishicha, Kambodja, Isroil va Pokiston kabi davlatlar Trampni nomzod sifatida ilgari surishi mumkin edi. Ushbu mamlakatlar rahbarlari avval ham bu niyatlarini ochiq bildirgan.
Biroq nomzodlar ro‘yxati maxfiy saqlanishi sababli, bu ma’lumotni rasman tasdiqlash imkoni yo‘q.