Bugun 22 aprel, 2026 yil, chorshanba

КИР

Tramp muzokaralar oldidan Erondan 8 nafar ayolni ozod qilishga chaqirdi (foto)

Tramp muzokaralar oldidan Erondan 8 nafar ayolni ozod qilishga chaqirdi (foto)

AQSh prezidenti Donald Tramp Eron rasmiylaridan o‘lim jazosiga hukm qilingan sakkiz nafar ayol mahbusni ozod qilishni so‘radi.

Tramp bu haqda Truth Social nashrida yozdi.

"Tez orada vakillarim bilan muzokaralar olib boradigan Eron rahbarlariga: Men bu ayollarning ozod qilinishini juda qadrlayman (surat ilova qilingan). Ishonchim komilki, bu qadam munosib baholanadi. Iltimos, ularga zarar yetkazmang – bu muzokaralarimiz uchun yaxshi boshlanish bo‘lishi mumkin. Bu masalaga e’tiboringiz uchun tashakkur”, deb ta’kidladi Tramp.

Kiritildi: Bugun 07:45. O'qildi: 788 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!