Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va Italiya bosh vaziri Jorja Melonining Parijdagi uchrashuvi siyosatchilarning haddan tashqari yaqin quchoqlashishi sababli mojaroga aylandi.
Uchrashuvdan jonli efirni BFM telekanali olib bordi.
Fransiya yetakchisining o‘zini tutishi Italiya bosh vazirida xijolatpazlik va taajjub uyg‘otdi. Translyasiya kadrlarida Meloni Makronning harakatlaridan noqulaylik sezib, o‘zini chetga olishga harakat qilgani yaqqol ko‘zga tashlanadi.
Italiyaning Il Manifesto gazetasi bu kabi ishoralar qo‘pol ko‘rinishini va me’yordan ortiq erkinlik ekanini ta’kidladi. Nashr ikki davlat rahbarlarining o‘zaro salomlashishini «eskimoslarcha bo‘sa»ga qiyoslab, mamlakatlar o‘rtasidagi keskinlik kuchaygan bir paytda bunday xulq-atvor mutlaqo o‘rinsiz ekanligini qayd etdi.