Vashington Tehronga boyitilgan uran evaziga Eronning 20 milliard dollarlik muzlatilgan aktivlarini blokdan chiqarishni taklif qildi — Axios.
AQSh va Eron urushni yakunlash bo‘yicha uch sahifalik rejani muhokama qilmoqda. Bu reja Vashington Tehronning boyitilgan urani evaziga uning 20 milliard dollarlik muzlatilgan aktivlarini blokdan chiqarishini nazarda tutadi, deb xabar berdi nashr manbalari.
Xabarda aytilishicha, uranni muzlatilgan aktivlarga almashtirish masalasi bo‘yicha muhokamalar bir muncha vaqtdan beri davom etmoqda. Ammo endilikda tomonlarning pozisiyalari ancha yaqinlashgan.
Avvalroq AQSh Eron oziq-ovqat, dori-darmon va boshqa gumanitar mahsulotlarni xarid qilishi uchun atigi olti milliard dollarlik aktivlarni blokdan chiqarishga tayyor edi. Eron esa 27 milliard dollar talab qilgandi.
Axios manbalaridan birining so‘zlariga ko‘ra, 20 milliard dollar miqdoridagi summani AQSh taklif qilgan. Boshqa bir suhbatdoshning ta’kidlashicha, aktivlarni boyitilgan uranga almashtirish g‘oyasi urushni yakunlash bo‘yicha muhokama qilinayotgan ko‘plab variantlardan faqat bittasi xolos.