Tramp Tulsi Gabbard o‘rniga AQSh Milliy razvedkasining yangi rahbarini tanladi. Uning avvalgi nomzodi Kongressda tanqid qilingan edi
AQSh prezidenti Milliy razvedka direktori lavozimiga Jey Kleyton nomzodini tanladi. Kleyton hozirgi vaqtda Nyu-York janubiy okrugi federal prokurori lavozimini egallab turibdi va bir qancha shov-shuvli ishlarni, jumladan, Venesuelaning sobiq rahbari Nikolas Maduroga qarshi giyohvand moddalarning noqonuniy aylanmasi bo‘yicha jinoyat ishini nazorat qilmoqda.
Tramp Qo‘shma Shtatlar Senatini Kleyton nomzodini "imkon qadar tezroq" tasdiqlashga chaqirdi.
Donald Tramp tomonidan ushbu lavozimga ko‘rsatilgan avvalgi da’vogar — Federal uy-joy moliyalashtirish agentligidan Bill Pulte Kongressda keng muhokama va tanqidlarga uchragan edi.