Bugun 23 oktyabr, 2026 yil, juma

КИР

Tramp Maskka Ukraina bo‘yicha topshiriq berdi

Tramp Maskka Ukraina bo‘yicha topshiriq berdi

AQSh prezidenti Donald Tramp SpaceX kompaniyasi rahbari Ilon Maskka qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainada Starlink sun’iy yo‘ldosh aloqa tizimining harbiy versiyasi — Starshield faoliyatiga qo‘yilgan cheklovlarni olib tashlashni topshirdi.

The Wall Street Journal (WSJ) nashri amerikalik rasmiylarga tayanib ma’lum qildi.

Amerikalik va ukrainalik rasmiylarning nashrga aytishicha, telefon suhbatidan ko‘p o‘tmay, 22 oktyabr kuni tizim barqarorroq ishlay boshlagan.

Ukrainalik ayrim rasmiylar tizimning imkoniyatlari hali to‘liq tiklanmaganini, biroq terminallar harakatlanayotgan paytda ham aloqa amaldagi cheklovlar davriga nisbatan yuqoriroq tezlikda ishlayotganini ta’kidlagan.

Amerikalik rasmiylarning so‘zlariga ko‘ra, Tramp Mask bilan suhbatda aloqa tezligiga qo‘yilgan cheklovlar saqlanib qolayotganidan noroziligini bildirgan. WSJ yozishicha, ushbu cheklovlar tufayli Ukraina dronlarining bir qismi to‘liq ishlamagan.

Rasmiylarning ma’lum qilishicha, Tramp bir hafta davomida o‘z yordamchilari va ittifoqchilari bilan suhbatlarda ham Starlink tezligini pasaytirish cheklovlarini bekor qilishni istashini bildirgan.

SpaceX kompaniyasi izoh berishdan bosh tortgan. Oq uy esa AQSh prezidentining yaqindagi bayonotlariga ishora qilgan. Unda Tramp aloqa tizimidan foydalanish imkoniyati cheklanganiga aloqasi yo‘qligini aytgan edi.

Kiritildi: Bugun 09:10. O'qildi: 464 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!