Bugun 23 oktyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Tramp Markaziy razvedka boshqarmasiga “tajovuzkor harakatlar”ga ruxsat berdi

Tramp Markaziy razvedka boshqarmasiga “tajovuzkor harakatlar”ga ruxsat berdi

Tramp Markaziy razvedka boshqarmasiga Venesuela hukumati va u bilan aloqador giyohvand moddalar savdogarlariga qarshi “tajovuzkor harakatlar”ga ruxsat berdi, deb xabar bermoqda WP.

Jurnalistlar prezident Donald Trampdan u Markaziy razvedka boshqarmasiga (MRB) Venesuela prezidenti Nikolas Maduroni “yo‘q qilishga” ruxsat bergani yoki yo‘qligini, so‘rashganda, u "Bu savolga javob berish mutlaqo noo‘rin bo‘lardi. Ammo o‘ylaymanki, Venesuela o‘zini diqqat markazidaligini sezmoqda", deb javob berdi.

The Washington Post manbalarining aytishicha, MRBga Maduroni hokimiyatdan ag‘darish bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri buyruq berilmagan, biroq bunday natijaga olib kelishi mumkin bo‘lgan choralarni amalga oshirishga ruxsat etilgan.

"Tramp Maduroni noqonuniy saylov yo‘li bilan hokimiyatni egallab olish va narkokartelni boshqarishda ayblab kelmoqda. AQSh prezidenti Venesuelaga qarshi “urush boshlash”ga qat’iy bel bog‘lagan", deya yozmoqda The Washington Post.

Kiritildi: 22:57 22.10.2025. O'qildi: 389 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!