AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati Kolumbiya universitetiga davlat nazorati joriy etish shaklidagi kelishuvni qabul qilishni taklif qildi. Bu haqda The Wall Street Journal gazetasi manbalarga tayanib xabar berdi.
“Tramp ma’muriyati universitetga shunday kelishuv taklif etdiki, unga ko‘ra, maxsus tayinlangan sudya kelishuv shartlariga rioya etilishi ustidan nazorat olib boradi”, — deyiladi xabarda.
Agar universitet bu taklifni rad etsa, masala sudgacha yetib borishi mumkinligi ta’kidlanmoqda.