AQShda Tramp ma’muriyati Minnesota shtatidan 700 nafar immigrasiya nazorati xodimini «darhol» olib chiqishga qaror qildi. Bu haqda AQSh chegara xizmati rahbarlaridan biri Tom Xoman ma’lum qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, so‘nggi oylarda shtatga yuborilgan minglab federal xavfsizlik xodimlari norozilik namoyishlariga sabab bo‘lgan. Ayniqsa, o‘tgan oyda ikki mahalliy aholining halok bo‘lishi jamoatchilik e’tirozlarini kuchaytirgan.