Bugun 7 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Tramp ma’muriyati Eronga qarshi yangi sanksiyalarni joriy etishda pauza qilishga qaror qildi — The Wall Street Journal

Tramp ma’muriyati Eronga qarshi yangi sanksiyalarni joriy etishda pauza qilishga qaror qildi — The Wall Street Journal

Gazeta manbalariga ko‘ra, o‘tgan hafta Oq uy matbuot kotibi Kerolayn Livitt AQSh Davlat departamenti, Moliya vazirligi va Milliy xavfsizlik kengashiga “Eronga qarshi yangi sanksiyalar joriy etish bo‘yicha barcha faoliyatni vaqtincha to‘xtatish” talab qilingangan ko‘rsatma yo‘llagan. Natijada AQSh prezidenti Donald Trampning Eronga “maksimal bosim” o‘tkazish kampaniyasi amalda to‘xtab qolgan.

Oq uy matbuot kotibi o‘rinbosari Anna Kelli WSJ'ga bergan izohida bu ma’lumotni to‘g‘ridan to‘g‘ri rad etmadi, biroq "Oq uy yoki tegishli idoralar sanksiyalar masalasi bo‘yicha har qanday yangi qarorni e’lon qilishini" bildirdi.

"Vashington oxirgi marta 21 may kuni Tehronga nisbatan cheklovlar kiritgan va o‘shandan beri AQSh Moliya vazirligi yangi sanksiyalar e’lon qilinishini kamida ikki marta kechiktirdi. Neft sotish va Eronning muzlatilgan aktivlari bo‘yicha asosiy sanksiyalar o‘z kuchida qolishi mumkin. Biroq Tramp ma’muriyatining ba’zi rasmiylari ushbu pauzaning davomiyligi va ko‘lami haqida aniqlik yo‘qligidan xavotirda", deb yozadi The Wall Street Journal.

Amerikalik ayrim rasmiylarning fikricha, bunday yondashuvdan maqsad Eronning yadroviy dasturi bo‘yicha nozik muzokaralar nuqtai nazaridan bo‘lajak cheklov choralarini sinchkovlik bilan tahlil qilishdir.

30 may kuni AQSh prezidenti Donald Tramp Vashington va Tehron yaqin orada Eron yadro dasturi bo‘yicha kelishuvga erishishi mumkinligini aytgandi. Eron Tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi esa mamlakatlar hali ham kelishuv tuzishdan uzoqda ekanini bildirdi.

Kiritildi: 15:45 02.06.2025. O'qildi: 650 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!