Tramp Maduroni qo‘lga olish ehtimoli haqida Grok bilan maslahatlashgan.
Time nashri yozishicha, Donald Tramp 2025 yil dekabr oyida Venesuela prezidenti Nikolas Maduroni AQSh harbiylari qo‘lga olsa, Venesuela aholisi qanday munosabat bildirishi mumkinligi haqida Grok sun’iy intellekt chatbotidan so‘ragan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘sha paytda Grok’ni ishlab chiquvchi xAI kompaniyasi egasi Ilon Mask maxfiy uchrashuv uchun Oq uyga kelgan. Tramp shuningdek, chatbotdan o‘z prezidentligi va siyosiy merosi haqida fikr so‘ragan.
Grok Maduroni repressiv va jamoatchilikda salbiy taassurot uyg‘otuvchi rahbar sifatida ta’riflab, uning qo‘lga olinishi Venesuela aholisi tomonidan ijobiy qabul qilinishi mumkinligini bildirgan.
Time manbalariga ko‘ra, suhbatdan so‘ng Tramp Grok’ni “daho” deb atagan.