Kuzatuvchilarning ta’kidlashicha, mazkur farmon AQSh rahbariyatining orol davlatiga nisbatan siyosati va munosabati yanada keskinlashayotganini ko‘rsatadi.
Farmonga ko‘ra, AQSh ma’muriyati Kubaga neft yetkazib berayotgan davlatlarga nisbatan savdo cheklovlarini kuchaytirishi mumkin.
Yanvar oyi boshida AQSh Venesuela yetakchisi va Gavananing ittifoqchisi Nikolas Maduroni qo‘lga olgan edi. Shundan so‘ng Tramp Kuba AQShning keyingi siyosiy nishoniga aylanishi mumkinligiga ishora qilgandi.
Donald Tramp avval ham Kuba va uning kommunistik rahbariyatiga qarshi choralar ko‘rish bilan bir necha bor tahdid qilgan.