Eron Qurolli kuchlari ixtiyoriga mingta strategik dron topshirildi. Bu haqda Tasnim axborot agentligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, dronlar mamlakat mudofaa salohiyatini oshirishga qaratilgan dastur doirasida harbiylar balansiga qabul qilingan. Eron armiyasi qo‘mondoni, general-mayor Hotamiyning ta’kidlashicha, mazkur qadam Eronning tezkor javob qaytarish hamda tiyib turish (deterrence) imkoniyatlarini sezilarli darajada kuchaytiradi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, yangi dronlar razvedka, kuzatuv va ehtimoliy harbiy tahdidlarga qarshi amaliy vazifalarni bajarish uchun mo‘ljallangan. Rasmiylar bu tashabbus mamlakat xavfsizligini ta’minlash va mintaqadagi harbiy muvozanatni saqlashga xizmat qilishini qayd etmoqda.