Bugun 29 yanvar, 2026 yil, payshanba

КИР

Benzin sifati shubha uyg‘otsa, qayerga murojaat qilish kerak?

Benzin sifati shubha uyg‘otsa, qayerga murojaat qilish kerak?

Agar yonilg‘i quyish shoxobchasida sotilgan avtobenzin sifatiga shubha tug‘ilsa, iste’molchi chekni saqlagan holda va zarur hujjatlar bilan O‘zenergoinspeksiyaga murojaat qilishi lozim. Mutaxassislar sifat tekshiruvi qanday tartibda amalga oshirilishini tushuntirdi.

Ma’lum qilinishicha, avvalambor yonilg‘i sotib olingan AYOQShning to‘liq nomi va manzili, shuningdek, mahsulot uchun to‘lov qilinganini tasdiqlovchi chek saqlangan bo‘lishi shart. Bu keyingi murojaatlarni rasmiylashtirish uchun asosiy dalil hisoblanadi.

Agar avtotransport vositasi dvigatelidagi nosozlik aynan sifatsiz yonilg‘i oqibatida kelib chiqqan deb hisoblansa, u holda ta’mirlash ishlari olib borilayotgan texnik xizmat ko‘rsatish shoxobchasi tomonidan berilgan rasmiy xulosa talab etiladi.

Muhim jihat: amaldagi qoidalarga ko‘ra, avtotransport vositasining yonilg‘i bakidan namuna olib, uning sifatini tahlil qilish ko‘zda tutilmagan. Sifat tekshiruvi faqat shubha tug‘ilgan AYOQShda saqlanayotgan neft mahsulotlaridan belgilangan standartlar asosida namuna olish orqali amalga oshiriladi va ushbu namuna kimyo-nazorat laboratoriyalarida tahlil qilinadi.

Shu bois, shubha tug‘ilgan holatlarda sifatsiz yonilg‘ining iste’molchilarga tarqalishining oldini olish maqsadida, fuqarolardan darhol O‘zenergoinspeksiyaning ishonch telefoniga — (71) 208-10-15 orqali murojaat qilish so‘ralmoqda.

Kiritildi: Bugun 16:24. O'qildi: 425 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!