Bugun 4 noyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Tramp Kongress saylovlaridan so‘ng siyosiy sharhlovchi bo‘lmoqchi

Tramp Kongress saylovlaridan so‘ng siyosiy sharhlovchi bo‘lmoqchi

Donald Tramp saylov natijalarini sharhlab, qaysi nomzodlar nima sababdan g‘alaba qozongani yoki mag‘lub bo‘lganini tahlil qilishini bildirdi.

"Men siyosiy sharhlovchiga aylanib, nomzodlarning g‘alaba va mag‘lubiyat sabablarini tahlil qilaman", — deb yozdi u Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida.

Biroq u qaysi nomzodlarni tahlil qilishi va buni qachon e’lon qilishini aniqlashtirmadi.

Demokratlar Kongress nazoratini qo‘lga kiritishi ortidan u “Veto” yozuvi tushirilgan kepka suratini ham joyladi.

Tramp avvalroq, kelishuvga erishilmasa, prezidentlik veto huquqi orqali demokratlar qabul qilgan qonunlarni to‘sishini aytgan edi.

Kiritildi: Bugun 10:52. O'qildi: 443 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!