AQSh prezidenti Donald Tramp amerikalik bloger va bokschi Jeyk Polga navbatdagi jangini sobiq UFC chempioni Habib Nurmagomedovga qarshi o‘tkazishni tavsiya qildi.
Amerikalik bokschi va bloger Jeyk Pol o‘zini MMA’da ham sinab ko‘rishi mumkinligini aytdi. U Tramp bilan suhbat davomida navbatdagi jangini kimga qarshi o‘tkazishi kerakligi haqida fikr so‘radi.
Pol o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida e’lon qilgan videoga ko‘ra, Tramp bu savolga javoban Habib Nurmagomedov nomini tilga olgan.
“Ehtimol, Habib. Habibga nima deysan?” deydi Tramp.
Jeyk Pol esa o‘z navbatida bunday jangga qarshi emasligini bildirib, bu taklifni ijobiy qabul qilganini aytdi.