AQSh prezidenti Donald Tramp Janubiy Koreyani Hormuz bo‘g‘ozida AQSh boshchiligidagi "Ozodlik Missiyasi"ga qo‘shilishga chaqirdi.
Tramp bu haqda o‘zining Truth Social sahifasida yozdi.
Tramp Eron kuchlari AQSH, Isroil va Eron o‘rtasidagi mojaroga aloqador bo‘lmagan mamlakatlarga tegishli kemalarga, jumladan, kamida bitta Janubiy Koreya savdo kemasiga o‘q uzganini ta’kidladi.
"Balki Janubiy Koreyaning missiyaga qo‘shilish vaqti kelgandir! Biz yettita kichik qayiqni yoki ular aytganidek, "tezyurar qayiqlarni" cho‘ktirdik. Ularda qolgani shu. Janubiy Koreya kemasidan tashqari, hozirda Hormuz bo‘g‘ozidan o‘tish paytida boshqa hech qanday kema shikastlanmagan", deyiladi postda.
U shuningdek, ertaga ertalab Harbiy kotib Pit Xegset va Birlashgan shtab boshliqlari qo‘mitasi raisi Den Keyn tomonidan o‘tkaziladigan ushbu masala bo‘yicha matbuot anjumanini e’lon qildi.