Bu haqda isroillik rasmiylarga tayanib, The New York Times nashri xabar bermoqda.
"O‘zining eng yaqin ittifoqchisidan ma’lumot yetishmovchiligini boshdan kechirayotgan isroilliklar Vashington va Tehron o‘rtasidagi muhokamalar haqida mintaqadagi yetakchilar va diplomatlar bilan aloqalari, shuningdek, Eron ichidagi o‘z kuzatuvlari orqali qo‘ldan kelgancha ma’lumot to‘plashga majbur bo‘lmoqda", deyiladi maqolada.
Qo‘shma Shtatlar rasmiylarining ma’lum qilishicha, Oq uy rahbari Donald Tramp Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahuni Eron bilan muzokaralarda yaqin sherik emas, balki harbiy ittifoqchi sifatida ko‘radi. Nashrning fikricha, u Tehronga qarshi kurashda “ikkinchi uchuvchi”dan “yo‘lovchi”ga aylangan.
Jurnalistlar bu holat joriy yilda qayta saylanish uchun qiyin kurash olib borishi kutilayotgan Netanyahuga nisbatan kamsituvchi zarba bo‘lganini qo‘shimcha qilgan.