Bugun 17 mart, 2025 yil, dushanba

КИР

Tramp yettita federal agentlik xodimlari sonini imkon qadar qisqartirishni buyurdi

Tramp yettita federal agentlik xodimlari sonini imkon qadar qisqartirishni buyurdi

AQSh prezidenti Donald Tramp o‘z farmonida agentliklarning "nizomdan tashqari tarkibiy qismlari va vazifalarini imkon qadar tugatishni" talab qildi. Shuningdek, tashkilotlar nizomdagi o‘z vazifalarini va tegishli xodimlar sonini qonun talab qiladigan minimal darajaga qadar qisqartirishlari lozimligini ta’kidladi.

Xususan, gap “Ozodlik radiosi” va “Amerika ovozi” mediakorporasiyasini nazorat qiluvchi AQSh Global media agentligi (USAGM) haqida bormoqda. Kongress qaroriga ko‘ra, bu mustaqil agentlik hisoblanadi.

Farmonga ko‘ra, barcha yettita agentlik rahbarlari 21 martgacha Oq uy byudjet boshqarmasiga farmon talablarini to‘liq bajarganliklari to‘g‘risidagi hisobotni taqdim etishlari shart.

Kiritildi: 22:39 15.03.2025. O'qildi: 457 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!