AQSh prezidenti Donald Trampning xatti-harakatlari FIFA rasmiylari uchun katta bosh og‘rig‘iga sabab bo‘lmoqda.
Birinchidan, uning Isroilni turnirlardan chetlashtirishga qarshi qat’iy pozisiyasi, endi esa Eron bilan shaxsiy hisob-kitoblari.
Eron futbol federasiyasi matbuot kotibi Amir Mehdi Alavining so‘zlariga ko‘ra, 5 dekabr kuni Vashingtonda bo‘lib o‘tadigan 2026 yilgi Jahon chempionati final bosqichiga qur’a tashlash marosimi uchun federasiyaning yetti nafar vakili, jumladan, Eron futbol federasiyasi prezidenti Mehdi Toj, milliy terma jamoa bosh murabbiyi Amir G‘alenoi AQShga kirish vizasidan mahrum qilingan.
Ekspertlarning fikricha, futbolchilar va murabbiylar shtabi mundialning o‘zi uchun viza olishda muammo bo‘lmasligi kerak, ammo rasmiylar, jurnalistlar va eng muhimi, muxlislarning mamlakatga kirishi taqiqlanishi mumkin. Shuning uchun Eron federasiyasi Kanada va Meksikada o‘yinlar o‘tkazishga umid qilmoqda.