AQSh prezidenti Donald Tramp Eronning Ho‘rmuz bo‘g‘ozi orqali o‘tuvchi kemalardan to‘lov undirish rejasini qo‘llab-quvvatlamasligini bildirdi.
Oq uyda jurnalistlar bilan muloqot chog‘ida Tramp Ho‘rmuz bo‘g‘ozi xalqaro suv yo‘li ekanini ta’kidlab, u ochiq qolishi kerakligini aytdi.
“Biz uning ochiq bo‘lishini istaymiz. Bu xalqaro suv yo‘li”, — dedi u.
Amerika rahbari, shuningdek, bo‘g‘oz orqali amalga oshirilayotgan yuk tashuvlari hech qanday tariflarsiz bo‘lishi kerakligini qayd etdi.
Trampning so‘zlariga ko‘ra, AQSh Eronga kirayotgan va u yerdan chiqayotgan barcha kemalarni kuzatib bormoqda. Uning ta’kidlashicha, bu choralar Tehronga kuniga 500 million dollargacha zarar keltirmoqda.