AQSh prezidenti Donald Tramp 31 oktyabr, shanba kuni Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda The Wall Street Journal o‘z manbalariga tayanib xabar berdi.
Ikki davlat rahbarining suhbati Vashington Eronga qarshi keng ko‘lamli harbiy amaliyotlarni qayta boshlash imkoniyatini ko‘rib chiqayotgan bir paytga to‘g‘ri keldi.
Nashrga ko‘ra, Tramp bundan bir necha kun avval AQShning yuqori martabali harbiy qo‘mondonlari bilan uchrashib, Eronga yangi zarbalar berish variantlarini muhokama qilgan.
Shu bilan birga, Vashington va Tehron o‘rtasida diplomatik muloqotlar ham davom etmoqda. AQSh davlat kotibi Marko Rubio Tramp mojaroni muzokaralar yo‘li bilan hal qilish tarafdori ekanini bildirgan.