AQSh prezidenti Donald Tramp Eronning yadroviy salohiyatiga zarba berilganini aytib, Pikaks tog‘iga ham hujum qilinishi mumkinligini bildirdi.
“Biz ularning butun yadroviy salohiyatini bombardimon qildik. Balki Pikaks tog‘iga ham zarba berishimizga to‘g‘ri kelar, ammo bu muammo emas. Buni bir soat ichida amalga oshirishimiz mumkin”, — dedi u Fox News telekanaliga bergan intervyusida.
Ayni damda AQSh Eronning Qeshm orolidagi radar tizimlari va raketa uchirgichlariga zarba bergani haqida NewsNation jurnalisti Kelli Meyer xabar qilmoqda.