Bugun 11 aprel, 2026 yil, shanba

КИР

Tramp Eron siyosati bo‘yicha kelishmovchiliklar fonida razvedka rahbari Tulsi Gabbardni ishdan bo‘shatmoqchi bo‘lgan

Tramp Eron siyosati bo‘yicha kelishmovchiliklar fonida razvedka rahbari Tulsi Gabbardni ishdan bo‘shatmoqchi bo‘lgan

Tramp Gabbardning Kongressdagi chiqishidan norozi bo‘lgan, chunki u harbiy siyosatni to‘liq qo‘llab-quvvatlamagan deb hisoblangan.

Ortiqcha taranglik Gabbardning yaqin maslahatchilaridan biri iste’foga chiqqanidan keyin kuchaygan. Bu esa Oq uy ichida muhokamalarga sabab bo‘lgan.

Nashr yozishicha, vaziyat o‘zgarishiga Trampning maslahatchisi Rodjer Stoun ta’sir ko‘rsatgan. U Gabbardni himoya qilib, prezident fikrini o‘zgartirishga erishgan. Manbaga ko‘ra: «Rodjer kelishuv qildi. U Tulsini saqlab qoldi».

Stoun esa bu aralashuvni tasdiqlab: «Yaxshiyam o‘z vaqtida aralashdim», degan.

U Trampga salbiy ta’sirlarni, jumladan partiya ichidagi ziddiyatlar kuchayishi va kelgusi siyosiy jarayonlarga ta’sir qilish ehtimolini tushuntirgan.

Axios ma’lum qilishicha, ma’muriyat ichida Gabbardning roli bo‘yicha kelishmovchiliklar saqlanib qolmoqda, biroq rasmiylar u hali ham prezident qo‘llab-quvvatloviga ega ekanini bildirgan.

Kiritildi: 22:12 10.04.2026. O'qildi: 238 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!