Bugun 10 aprel, 2026 yil, juma

КИР

"Energiya narxlari Putin yoki Trampning harakatlariga bog‘liq bo‘lib qolganidan to‘ydik"

"Energiya narxlari Putin yoki Trampning harakatlariga bog‘liq bo‘lib qolganidan to‘ydik"

Buyuk Britaniya Bosh vaziri Kir Starmer ITV News telekanaliga bergan intervyusida energiya narxlarining beqarorligidan qattiq noroziligini bildirdi. Uning ta’kidlashicha, butun mamlakat bo‘ylab oilalar va korxonalar dunyoning qaysidir nuqtasida Putin yoki Tramp tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar tufayli kommunal to‘lovlarning doimiy sakrashidan charchagan.

The Guardian nashrida e’lon qilingan maqolasida Starmer Yaqin Sharqdagi urush fonida Britaniya o‘z energetika sohasiga faol sarmoya kiritayotganini yozgan. Uning fikricha, bu "gaz narxlarini manipulyasiya qilayotgan tiranlarga qaramlikdan qutulishning" yagona yo‘lidir.

Eslatib o‘tamiz, 2022 yil fevralida Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi, shuningdek, joriy yilning 28 fevralida boshlangan AQSh va Isroilning Eron bilan urushi energiya bozorida narxlarning keskin ko‘tarilishiga sabab bo‘lgan edi. Biroq, 8 aprelga o‘tar kechasi Qo‘shma Shtatlar va Eron o‘rtasida ikki haftalik sulh imzolanganidan so‘ng, xomashyo narxlari yana keskin pasaydi.

Kiritildi: Bugun 12:05. O'qildi: 948 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!