Buyuk Britaniya Mudofaa vaziri Trampning "eskirgan flot" haqidagi gaplariga javob qaytardi.
Lyuk Pollard AQSh Prezidenti Donald Trampning Britaniya harbiy-dengiz flotini "eskirgan", aviatashuvchi kemalarini esa "ishlamaydigan o‘yinchoqlar" deb atagan fikrlarini rad etdi. Vazir Qirollik floti kuchli ekanini va ayni damda dunyo bo‘ylab xizmat o‘tayotganini ta’kidladi.
Pollardning so‘zlariga ko‘ra, Britaniya Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi vaziyatni barqarorlashtirish va kemalar qatnovini tiklashda ittifoqchilarni birlashtiruvchi "noyob vositachi" rolini o‘ynashga qodir.