Rossiya prezidenti Vladimir Putin Pasxa bayrami sulhini e’lon qildi.
Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot xizmati ma’lum qildi.
Sulh 11 aprel kuni soat 16:00 dan 2026 yil 12 aprel kuni kun oxirigacha amal qiladi. Moskva Ukraina tomoni Rossiyadan o‘rnak olishini kutmoqda.
Putin Rossiya Qurolli Kuchlariga sulh muddati davomida jangovar harakatlarni to‘xtatib turishni, shu bilan birga javob choralariga tayyor turishni buyurdi.