Bu haqda Politico xabar berdi.
Evropalik mulozimlarning so‘zlariga ko‘ra, yopiq eshiklar ortidagi suhbat tez fursatda keskinlashgan: Tramp ittifoqchilarini ayovsiz tanqid qilib, Yevropa davlatlarining Eronga qarshi urushda AQSh va Isroilni qo‘llab-quvvatlamaganidan g‘azablangan.
"Hammasi rasvo bo‘ldi. Suhbat haqoratlardan boshqa narsa emas edi. Tramp ochiqchasiga har qanday chorani qo‘llash bilan tahdid qildi", — dedi ta’kidladi manbalardan biri.
Tramp ittifoqchilarga nisbatan choralarga sha’ma qilgan. Ishtirokchilar u Yevropadan aniq qadamlar, jumladan, Ho‘rmuz bo‘g‘ozi bo‘yicha ko‘mak kutmoqda, degan xulosaga kelishgan. Oq uy esa buni rad etib, prezident NATO'dan hech narsa so‘ramaganini bildirdi.
Avvalroq ommaviy axborot vositalari AQSh Eron bilan urushni tanqid qilgan davlatlardan o‘z qo‘shinlarini olib chiqib ketishi mumkinligi haqida yozgan edi.