Kuzbassda 43 yoshli ayol og‘ir infarkt bilan kardiodispanserga olib kelingan va qabul bo‘limida klinik o‘lim holati yuz bergan.
Shifokorlar yurak massaji va sun’iy nafas berishni to‘xtatmasdan, bir vaqtning o‘zida tekshiruv ham o‘tkazgan.
Natijada bekilib qolgan arteriya aniqlanib, unga stent o‘rnatilgan. Viloyat gubernatori ta’kidlaganidek, odatda reanimasiya 30 daqiqa davom etadi.
Biroq bu holatda ayolning nafaqat yurak urishi tiklangan, balki miyasi ham zarar ko‘rmagan. Hozirda uning ahvoli barqaror.