Bugun 10 aprel, 2026 yil, juma

КИР

Husanov o‘zidan tezkor futbolchi nomini aytdi

Husanov o‘zidan tezkor futbolchi nomini aytdi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov mart oyida «Manchester Siti»da oyning eng yaxshi futbolchisi deb topildi va mukofot topshirilgandan so‘ng klub matbuot xizmatiga qisqa intervyu berdi.

O‘zbekistonlik himoyachi muxlislar ovoz berishida ishonchli tarzda g‘alaba qozonib, jamoadoshlari Rodri va Jeremi Dokudan o‘zib ketdi.

Mart oyida Husanov yorqin o‘yini bilan ajralib turdi va maydondagi faolligi hamda fidoyiligi orqali muxlislar sevimlisiga aylandi.

Bu uning 2026 yildagi ikkinchi mukofoti bo‘ldi — avval u yanvar oyida ham eng yaxshi futbolchi deb topilgan edi.

— Abduqodir, tabriklaymiz, sen mart oyi uchun «Etixad»da oyning eng yaxshi futbolchisi deb topilding. His-tuyg‘ularing qanday?
— Ha, hammasi yaxshi, rahmat.

— Birinchi savol: jamoadagi eng yaqin do‘sting kim?
— Hamma.

— Manchester ob-havosi haqida nima deysan?
— Yomon emas.

— Hayotda senga kim ilhom beradi?
— Oilam.

— «Manchester Siti» bilan ilk sovrinni qo‘lga kiritganingda qanday hissiyotlar bo‘ldi?
— Juda ajoyib, juda baxtliman.

— Kim tezroq: Husanov yoki Doku?
— Bilmayman. O‘ylaymanki, Doku.

— Futboldan tashqari nima bilan shug‘ullanasan?
— FIFA o‘ynayman.

— Bu mavsumda sen uchun eng muhim lahza qaysi bo‘ldi?
— Angliya liga kubogidagi g‘alaba.

Kiritildi: Bugun 19:07. O'qildi: 1086 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!