Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuga qarshi sud jarayoni, Eronga qarshi hujumlar fonida to‘xtatilgan edi, vaqtinchalik sulh joriy etilgandan so‘ng qayta boshlanadi
Netanyaxuga nisbatan korrupsiya bo‘yicha ishlar yuzasidan sud muhokamasi, avval harbiy keskinlashuv sababli to‘xtatilgan bo‘lsa, AQSh va Eron o‘rtasidagi vaqtinchalik o‘t ochishni to‘xtatishga erishilgandan keyin, unga Isroil ham kiritilgan holda qayta tiklanadi.
Isroil OAV ma’lumotiga ko‘ra, navbatdagi sud majlisi yakshanba kuniga belgilangan.
Eronga zarbalar paytida Isroilda favqulodda holat rejimi amal qilgan, u vaqtinchalik sulh kuchga kirishi bilan bekor qilindi. U bekor qilinganidan bir necha soat o‘tib, sud muhokamalarni qayta boshlash haqida e’lon qildi.
«Favqulodda holat bekor qilinib, sud tizimi faoliyati tiklanganidan so‘ng, majlislar odatiy tartibda davom ettiriladi», — deyiladi sud bayonotida.
Netanyaxu «1000», «2000» va «4000» deb nomlangan uchta ish bo‘yicha ayblanmoqda. Unga pora olish, firibgarlik va mansab vakolatlarini suiiste’mol qilish ayblovlari qo‘yilgan.
Avvalroq Donald Tramp 2025 yil noyabr oyida Isroil prezidenti Isxak Gersogga xat yo‘llab, Isroil bosh vazirini afv etishga chaqirgan edi.
Avval u afv so‘ramasligini bildirgan bo‘lsa-da, Netanyaxu 2025 yil noyabr oxirida Gersogga tegishli ariza topshirgan. Bu ishlar bo‘yicha sud jarayonlari qariyb olti yildan beri davom etmoqda.