Garchi Oq uy rahbari turli shaxslarning fikrini so‘rayotgan bo‘lsa-da, yakunӣ qarorlarni tor doirada qabul qilmoqda. Asosiy maslahatchilar safida quyidagilar bor:
Jey Di Vens — vise-prezident,
Syuzi Uaylz — Oq uy apparati rahbari,
Stiven Miller — Uaylzning o‘rinbosari,
Marko Rubio — tashqi ishlar vaziri (davlat kotibi) va ayni paytda milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchi,
Stiv Uitkoff — Yaqin Sharq bo‘yicha maxsus vakil.
Talsi Gabbard — Milliy razvedka direktori, Eron bo‘yicha harbiy hujumlarga qarshi,
Pit Xegset — mudofaa vaziri, manbalar aytishicha, qaror qabul qilish jarayonida qatnashmayapti.
Mudofaa vazirligi matbuot kotibi Shon Parnell bu ma’lumotni rad etdi:
«Vazir har kuni prezident bilan suhbatlashadi va shu hafta vaziyat xonasida ham ishtirok etgan».
General Den Keyn — Birlashgan shtab boshliqlari qo‘mitasi raisi,
General Erik Kurilla — Markaziy qo‘mondonlik rahbari (CENTCOM),
Jon Retkliff — Markaziy razvedka boshqarmasi (CIA) direktori.
Manbalarning so‘zlariga ko‘ra, Tramp harbiy va tashqi siyosiy variantlarni chuqur tahlil qilishdan voz kechgan va shaxsiy taassurotlar asosidagi norasmiy muhokamalarni afzal ko‘rmoqda. Bu esa boshqa amaldorlarga o‘z e’tirozlarini bildirish yoki mojaroni jilovlash imkonini cheklamoqda.
19-iyun kuni Tramp Eron bo‘yicha AQShning harbiy aralashuvi haqidagi savoldan qochdi, ammo keyinroq shuni ma’lum qildiki, bu masalada qaror ikki hafta ichida qabul qilinadi.