AQSh prezidenti Donald Tramp Eron bilan harbiy mojaro yakunlanganidan so‘ng neft va benzin narxlari keskin arzonlashishini bildirdi.
Amerikaning KTIV telekanali xabar berishicha, Oq uy rahbari bu haqda Ayova shtatidagi Su-Siti shahrida bo‘lib o‘tgan mitingda ma’lum qilgan.
Trampning so‘zlariga ko‘ra, kelishuv qanday yo‘l bilan amalga oshirilishidan qat’i nazar, Eron bilan mojaro yaqin vaqt ichida yakunlanadi.
«Biz Eron bilan bog‘liq masalani juda yaqin vaqt ichida, har qanday holatda ham hal qilamiz. Shundan so‘ng benzin va neft narxlari keskin pasayadi», — dedi Amerika yetakchisi.
Tramp, shuningdek, shu paytga qadar sakkizta qurolli mojaroni hal qilishga erishganini ta’kidladi. Uning fikricha, Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi mojaro ham yakunlanishga yaqinlashmoqda.