Jey Di Vensning so‘zlariga ko‘ra, prezident Donald Tramp Tehron bilan muzokaralar butunlay boshi berk ko‘chaga kirib qolsa, barcha zaruriy choralarni ko‘rishga tayyor.
"Tramp diplomatik usullarga iloji boricha amal qilmoqchi. Menimcha, prezident diplomatiya butunlay o‘zini oqlamaganini, qo‘shimcha muzokaralar hech qanday foyda bermasligini anglagach, Tehronning uranni boyitish faoliyatini tugatish va Eron yadroviy dasturiga barham berish uchun zarur bo‘lgan hamma choralarni ko‘radi", — deya aniqlik kiritdi Vens.