Bugun 24 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Tramp Epshteynning samolyotida kamida 8 marta uchgan

Tramp Epshteynning samolyotida kamida 8 marta uchgan

Bu haqda Reuters agentligi “Epshteyn ishi” doirasida AQSh Adliya vazirligi tomonidan yangi e’lon qilingan hujjatlarga tayanib xabar bermoqda.

E’lon qilingan hujjatlar to‘plamining umumiy hajmi qariyb 10 Gb bo‘lib, unda deyarli 400 ta videoyozuv, shuningdek, ko‘plab jadvallar, gazeta qirqimlari va audiofayllar mavjud.

Hujjatlar seshanbaga o‘tar kechasi e’lon qilingan bo‘lib, ularda Tramp 1990-yillarda Epshteyn va 20 yoshli qiz bilan bir reysda bo‘lgani haqidagi iddao mavjud. Qizning biror-bir jinoyat qurboni bo‘lganligi haqida hech qanday ma’lumot yo‘q.

NBC telekanali 2020 yilda Nyu-York federal prokurori tomonidan noma’lum manzilli shaxsga yuborilgan maktubdan iqtibos keltirmoqda. Unda aytilishicha, Tramp 1993 yildan 1996 yilgacha bo‘lgan davrda Epshteynning samolyotida kamida sakkizta reysda yo‘lovchi sifatida ko‘rsatilgan, jumladan, to‘rtta parvozda Gisleyn Maksvell ham ishtirok etgan.

Epshteynning sherigi deb hisoblanuvchi Maksvell hozirda jinsiy ekspluatasiya maqsadida odam savdosi ayblovi bo‘yicha 20 yillik qamoq jazosini o‘tamoqda.

Kiritildi: 23:09 23.12.2025. O'qildi: 380 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!