Donald Tramp oraliq saylovlar natijalarini qabul qilib, Demokratik partiya bilan hamkorlik qilishga tayyorligini bildirdi. Bu haqda u The New York Times nashriga bergan intervyusida aytdi.
Tramp Respublikachilar partiyasining saylovdagi yo‘qotishlarini o‘z nomzodi byulletenlarda bo‘lmagani bilan izohladi. Shuningdek, senator Lindsi Grem va Texas bosh prokurori Ken Pakstonni qo‘llab-quvvatlaganidan afsusda emasligini ta’kidladi.
Decision Desk HQ (DDHQ) tahliliy portali ma’lumotlariga ko‘ra, Toshkent vaqti bilan soat 09:20 holatida Demokratik partiya Vakillar palatasida 205 ta, Senatda esa 51 ta o‘rinni qo‘lga kiritmoqda. Respublikachilar esa dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Vakillar palatasida 110 ta, Senatda 40 ta o‘ringa ega bo‘lmoqda.