Jahon iqtisodiy forumi doirasida Davosda so‘zlagan AQSh rahbari Donald Tramp Grenlandiyani Islandiya deb atadi.
"Men Yevropaga yordam berayapman. NATOga yordam berayapman. Va oxirgi bir necha kungacha, ularga Islandiya haqida aytmaguncha, meni yaxshi ko‘rishardi", — dedi u.
The Independent nashri qayd etishicha, AQSh rahbari og‘zaki xato qilib, Islandiya va Grenlandiyani adashtirib yuborgan.