AQSh prezidenti Donald Tramp o‘zidan oldingi prezident Jo Bayden tomonidan sudlangan 37 nafar jinoyatchiga berilgan afvni bekor qildi.
Bu haqda The Wall Street Journal (WSJ) xabar bermoqda.
Yangi prezidentning qaroridan so‘ng, bu mahbuslarning aksariyati Kolorado shtatidagi ADX Florence federal qamoqxonasiga o‘tkazildi. Ushbu muassasa o‘zining juda og‘ir sharoitlari bilan mashhur bo‘lib, u yerda mahbuslar kuniga 23 soatgacha bir kishilik kamerada o‘tiradilar.
Tramp Baydenning o‘lim jazosini umrbod qamoq jazosiga almashtirish haqidagi qarorini qattiq izohlab, mahbuslarga “do‘zaxga borishni” aytdi. Faqat alohida tibbiy ehtiyojga ega bo‘lgan bir nechta mahkumlar uchun istisno qilingan.
Nashrning yozishicha, AQSh rasmiylari uchrashuvlar chog‘ida ADX Florenceda shart-sharoitlarni kuchaytirishni taklif qilib, derazalarning mavjudligi va oziq-ovqat sifati o‘ta xavfli jinoyatchilar uchun juda qulay ekanligini ta’kidlagan.
Mart oyida Tramp Baydenning avf etish haqidagi farmoyishlari avtomatlashtirilgan qurilma tomonidan imzolangani uchun haqiqiy emasligini aytdi.