AQSh prezidenti Donald Tramp o‘zidan oldingi demokrat Jo Bayden ma’muriyati tomonidan qabul qilingan 80 ga yaqin chora-tadbirlarni bekor qiladi.
Dushanba kuni AQShning 47-prezidenti sifatida qasamyod qilgan respublikachi tegishli bayonotni o‘sha kuni kechqurun Vashingtondagi Capital One sport arenasida o‘z tarafdorlari oldidagi mitingda so‘zlagan.
"Men qiladigan birinchi ish - tarixdagi eng yomon ma’muriyatlardan biri bo‘lgan oldingi ma’muriyat tomonidan olib borilgan 80 ga yaqin buzg‘unchi va radikal siyosatni o‘zgartirish bo‘ladi. Eng yomoni emas, juda yomoni", - dedi Tramp.