AQSh prezidenti Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida yaqinda demokratlar guruhiga qo‘shilib, Trampning Kongress roziligisiz urush boshlash imkoniyatini to‘smoqchi bo‘lgan respublikachi kongressmen Tomas Massiga keskin hujum qildi.
"Massi — bu zaif va samarali ishlamaydigan siyosatchi, u Amerika qurolli kuchlariga hurmat bildirmaydi va kechagi hujumdagi ularning yorqin va mardonavorr natijalarini tan olmaydi", — deb yozdi Tramp.
U, shuningdek, Kentukkida bo‘lib o‘tadigan ichki partiya saylovlarida Massining nomzodiga qarshi shaxsan kampaniya olib borishini va Respublikachilar partiyasidan haqiqiy vatanparvar nomzodni qo‘llab-quvvatlashini va’da qildi.
Avvalroq Donald Tramp AQSh Milliy razvedkasi rahbari Tulsi Gabbardni ham tanqid qilgan edi. U Gabbardning "Eron hali yadroviy qurol yaratishga tayyor emasligi" haqidagi bayonotiga e’tiroz bildirgandi.