AQSh prezidenti Donald Tramp 23 sentyabr kuni Vashingtonga uch kunlik davlat tashrifi bilan kelgan XXR raisi Si Szinpinni shaxsan kutib oldi. Endryus harbiy aviabazasidagi uchrashuv faxriy qorovul, harbiy orkestr va aviasiya ishtirokidagi tantanali marosim bilan davom etdi.
ABC News xabariga ko‘ra, AQSh prezidenti rafiqasi Melaniya bilan birgalikda Xitoy rahbari va uning rafiqasi Pen Liyuanni samolyot zinapoyasi oldida kutib olgan.
Xitoy delegasiyasini kutib olish uchun aerodromda taxminan 30 metr uzunlikdagi qizil yo‘lka yotqizildi, uning bo‘ylab amerikalik harbiylar saf tortdi. Salomlashuvdan so‘ng har ikki prezident juftligi yo‘lakdan o‘tib, rasmiy suratga tushish uchun to‘xtashdi.
Harbiy orkestr Xitoy va AQSh davlat madhiyalarini ijro etdi. Amerika madhiyasi paytida Tramp harbiycha salomlashdi. Uchish maydonida Amerika va Xitoy bayroqlari hilpirardi.
Donald Tramp Qo‘shma Shtatlarga davlat tashrifi bilan kelgan xitoylik hamkasbini hayratlantirish uchun B-1 Lancer samolyotlarini havoga ko‘tardi.
Si Szinpinga go‘yoki o‘z qudratini ko‘rsatib qo‘yish maqsadida amalga oshirilgan bu qadam yakunda teskari effekt berdi.