Bugun 5 oktyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Tramp AQShda SIF nomli yangi tuzilma tashkil etdi. U qanday tuzilma?

Tramp AQShda SIF nomli yangi tuzilma tashkil etdi. U qanday tuzilma?

Tramp AQShda «Superintellekt kuchlari» tuzilganini e’lon qildi.

AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakatda «Superintellekt kuchlari» (SIF) nomli yangi tuzilma tashkil etilganini ma’lum qildi.

Yangi tuzilmaga AQSh Milliy razvedka direktori Jey Kleyton rahbarlik qiladi. Uning asosiy vazifasi — hukumatning sun’iy intellekt sohasida ish olib borayotgan turli tashkilotlar va kompaniyalar bilan hamkorligini muvofiqlashtirish.

Trampning aytishicha, SIF AQShning sun’iy intellekt sohasidagi etakchiligini ta’minlashga qaratilgan.

Yangi tuzilma faqat AI kompaniyalari bilan emas, balki:

  • davlat organlari;

  • jamoat manfaatlarini himoya qiluvchi guruhlar;

  • diniy tashkilotlar;

  • muhim infratuzilma kompaniyalari;

  • sun’iy intellekt sohasida ishlaydigan kompaniyalar bilan ham hamkorlik qiladi.

Tuzilma boshqaruvida Jey Kleytondan tashqari AQSh Federal savdo komissiyasi komissari Endryu Fergyuson va boshqa rasmiylar ham ishtirok etadi.

Bu qaror Trampning sentyabr oyi oxirida imzolagan farmonidan keyin qabul qilindi. Unda AQSh davlat idoralariga sun’iy intellektni «superintellekt» deb atash ko‘rsatilgan.

Shu bilan birga, Oq uy sun’iy intellektning imkoniyatlari va xavflarini o‘rganish uchun 120 kun ichida hisobot tayyorlaydigan ishchi guruh ham tuzmoqda.

Kiritildi: Bugun 09:30. O'qildi: 273 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!