AQSh prezidenti Donald Tramp agar Eron yadro dasturi bo‘yicha muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakunlansa, Vashington harbiy zarbalarni qayta boshlashi yoki mintaqadagi rolini qayta ko‘rib chiqishi mumkinligini aytdi.
Tramp bu haqda The New York Times gazetasiga bergan intervyusida aytdi.
Trampning so‘zlariga ko‘ra, AQSh harbiy strategiyaga qaytishi yoki mintaqa daromadlarining bir qismini olish evaziga "Yaqin Sharqning qo‘riqchisi" rolini o‘z zimmasiga olishi mumkin.
U shuningdek, bunday ssenariyda muzokaralar jarayoni izdan chiqishi mumkinligini, ammo ma’muriyat kelgusi juma kuni Shveysariyada Eron yadro dasturi bo‘yicha yangi maslahatlashuvlar bo‘lib o‘tishini kutayotganini ta’kidladi.